Shayan TV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayan TV
[[Fayl:]|frameless]]
Rossiya Federatsiyasida (Internet orqali) 24 soatlik efirga uzatiladigan tatar tilidagi birinchi bolalar va o'smirlar ko'ngilochar kanal
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Namoyish vaqti 24 soat
Namoyish hududi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til(lar)i tatar tili
Boshqaruv markazi Kazan, Tatarstan
Tasvir formati 1080i HDTV
Efirga chiqqan 2018-yil 12-noyabr
Asoschisi Rossiya hukumati, Tatariston Respublikasi
Rahbarlari Evgeniy Bekasov
Sayt www.shayantv.ru

Shayan TV (tatarcha: Şayan TV, Шаян ТВ) Rossiya Federatsiyasida (Internet orqali) 24 soatlik efirga uzatiladigan tatar tilidagi birinchi bolalar va o'smirlar ko'ngilochar kanalidir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatariston Respublikasi Prezidenti tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ushbu kanal Tatariston Respublikasida 2018-yil 12-noyabrda bolalar va oʻsmirlar uchun birinchi tatar kanali sifatida ochilgan[1][2].

Zamonaviy Tv dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanal 3 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan tomoshabinlar uchun tatar tilida dublyaj qilingan 20 dan ortiq original ta'lim va o'quv dasturlari, o'yin shoulari va viktorinalar, animatsion filmlarni (ilmiy-ommabop, hujjatli, badiiy filmlar) namoyish etadi[3][4].

Shayan Channels xizmatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Google Play va App Store do'konida smartfonlarda kanalni kuzatish uchun maxsus ilovalar mavjud[5].
  • Kanalda teleseriallar va filmlardan videolar joylashtiriladigan YouTube kanali mavjud.
  • Kanalning rasmiy sayti tatar, rus va ingliz tillarida ishlaydi va butun dunyo bo'ylab kanalni 24 soat davomida kuzatib borish imkoniyatini beradi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shayan TV “Asosiy qahramonlar – 2019” (Carousel International tomonidan oʻtkaziladigan) tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi[6].
  • Shayan TV “Bilim marvaridlari” (“Belem cäwhärläre”) X-Jahon internet-loyihalari tanlovida “ Madaniyat va ta’lim sohasidagi eng ommabop va foydali loyiha” va “Eng ommabop va foydali tatar ilovasi".
  • "Kaleb" ko'rsatuvi (inglizcha: "The soul") "Kanal" IX Butunrossiya jurnalistlari va ommaviy axborot vositalari tanlovining "Ommaviy axborot vositalarida tatar xalqining turmush tarzi va faoliyati mavzusidagi eng yaxshi yutuqlar" nominatsiyasida g'olib bo'ldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Минниханов поздравил детский телеканал "ШАЯН ТВ" с годовщиной вещания“ (ru). www.tatar-inform.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  2. Nizamiev. „Рөстәм Миңнеханов балалар өчен татар телендә "ШАЯН ТВ" телеканалын эшләтеп җибәрүдә катнашты (R. Minnikhanov took part in launching of "Shayan TV")“. World congress of the Tatars (official site). Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.
  3. „В Татарстане начал работу детский телеканал "ШАЯН ТВ" / Набережные Челны“. nabchelny.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  4. „На ТНВ представили ШАЯН ТВ - детский телеканал на татарском языке“. kazan.aif.ru (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  5. „Contacts of Shayan TV“. Official site of Shayan TV.
  6. „About the Channel“. Officical site of Shayan TV (2019-yil 20-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]